OZIQ-OVQATLAR

BOGARD ASIA > OZIQ-OVQATLAR

OZIQ-OVQATLAR

Biz “Oziq-ovqat ingredientlari” yo’nalishida 1994 yildan buyon faol ishlab kelmoqdamiz. Mashxur yetkazib beruvchilar – oziq-ovqat ingredientlari uylari bilan xamkorlik tufayli oziq-ovqat sanoatiga taalluqli bo’lgan keng turdagi asosiy va murakkab oziq-ovqat ingredientlarini taklif qilamiz. Portfoliomiz sifat va yangilikka qaratilgan bo’lib, aynan mijozga qaratilgan yondashuv bilan qo’llab quvvatlanadi, bu esa muntazam texnik ko’mak, sozlash uchun yuksak imkoniyatlar va oziq-ovqat ingredientlari sanoatidagi global tendensiya va innovatsiyalarga nazar bilan ifodalanadi.

Oziq-ovqat ramkalarining maqbul  resepturalariga erishish uchun bunday oziq-ovqat ingredientlarini eng mos aromatizatorlar bilan boyitishimiz mumkin. 2017 yilda oziq-ovqat mahsulotlari va ta’mlaridan fordalanish bo’yicha shahsiy laboratoriyamizga kiritilgan sarmoyalar bizning mijozga yo’naltirilgan yondashuvimizning eng to’g’ri afzalligidir.

Ko’plab munosabatlarda qo’shimcha qiymatga ega yechimlar…

BOGARD oziq-ovqat ingrediantlari mahsulotingizni turli usullar yordamida yaxshilash mumkin: murakkab ta’m va ko’piklanuvchi teksturalar (masalan, birikmalar) qo’shish, sog’liqni ta’minlash, pishiriqlarning funksionalligini yaxshilash (misol uchun, toza etiketka) va boshqa ko’plab omillar yordamida.

Mahsulotingiz uchun qanday oziq-ovqat ingredientlari zarur?

Oziq-ovqat ingredientlari juda ko’p va siz ularning qay biri mahsulotingizga to’g’ri kelishiga ikkilanayapsizmi? Havotir olmang! Biz doimo siz tarafdamiz va sizga eng maqbul yechim yaratishga yordam beramiz.

Yoxud siz ma’lum bir oziq-ovqat ingredientlariga qiziqib qolib, o’z portfolioingizda ularni ko’rmayapsizmi? U holda savdo vakilimizga murojaat qiling va biz talabingizni qondirish uchun qo’limizdan kelgan barcha choralarni ko’ramiz!

BOGARD OZIQ-OVQAT INGREDIENTLARI PORTFOLIOSI

BOGARD oziq-ovqat tarkibiy qismlarining turli xil pastki toifalarini kashf eting va ularning retsepti ehtiyojlariga va qiyinchiliklariga qanday javob bera olasiz!

Food Ingredients AVEL fruit prep 2 συστατικά τροφίμων

Biz sut mahsulotlari (yogurt, muzqaymoq), nachinkali non-bulka mahsulotlari (misol uchun, kruassan, bulochka va x.k)lar va tuzli spredlar uchunkeng turdagi meva va sabzavot preparatlarini taklif etamiz. Mevali preparatlarimiz orasida qulupnay va shaftoli singari asosiy meva turlaridan tortib ekzotik va g’ayrioddiy mevalargacha topish mumkin. Meva bo’laklari turli o’lcham, shakl, konsistensiya va reologik jihatlarga ega bo’lishi mumkin.

Nooziq-ovqat preparatlari karamel, iriska, vanil, kofe, bodom va x.k kabi barcha «iliq jigarrang» yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. O’simlik preparatlari o’tli va/yoki hushbo’y birikmalardan iborat bo’lishi mumkin. Barcha preparatlarimiz mijozlar hoxishiga ko’ra urug’lar va boshqa birikmalar kabi don komponentlari bilan to’yintirilishi mumkin.

Portfoliomizning asosiy qismini tabiiy preparatlar tashkil etadi, ayni payitda ularning ko’plab turlari BIO sifati bilan birga taklif etilmoqda. Bundan tashqari, bizning assortiment sharbat va boshqa ichimliklarga mo’ljallangan konsentrat va emulsiyalardan iborat.

Food Ingredients AVEL inclusions 1 συστατικά τροφίμων

Murakkab ta’m, ko’piklanuvchi teksturalar,og’izdagi ta’m, turli ranglar … turli ta’m sezgilari yordamida iste’molchilarni to’lqinlantirish uchun kerak bo’ladigan omillardir! Birikmalarimiz assortimenti quyidagi mahsulotlardan iborat:

Yong’oqlar

Turli hajm va qirqimdagi yong’oqlar. Talablaringizga muvofiq individual yechimlarni ishlab chiqmoqdamiz.

Nuga

Assortimentimizga standart karamelli bodomdan tortib zanjabil va kunjut bilan uyg’unlashuvchi nozik ta’mlar kiradi.

Yong’oqli pastalar

100 foiz tabiiy yong’oqli pastalar (funduk, bodom, pista, yeryong’oq va x.k) turli qovurilgan shaklda mavjud. Bundan tashqari, kofe ta’miga ega va janduy pastalari ham bor. Mahsulotlarimiz shuningdek sertifikatlangan va bioorganik ko’rinishda ham taqdim etilmoqda.

Pechene bo’laklari

Turli o’lcham va shakldagi pechene bo’laklarining ulkan kolleksiyasi. Bo’laklar granulometriyasi 1 mm dan 15 mmgacha farq qiladi. Ular ko’plab ta’m va qoplamalarga ega.

Qoplamali shokolad mahsulotlari

Biz shokolad bilan qoplangan guruchli chips, bug’doyli chips va turli o’lchamdagi yong’oqlarni taklif etamiz. Barcha mahsulotlar muzqaymoqni bezatish yoki muzqaymoq tarkibiga qo’shishga mos keladi.

Meva, sabzavot va o’simlik bo’lakchalari

Biz qismlar (turli qirqim va o’lchamdagi), shuningdek kukun shaklidagi (turli granulometriyalar) meva, sabzavot va o’simlik turlarini taklif etamiz.  Barcha kerakli talablarga javob berish uchun ular sublimasiya yoki havoda quritish jarayonida ishlab chiqariladi. Shuningdek ular 100 foiz tabiiy meva bo’laklari bo’lib, shakar qo’shilmagan va toza etiketka talablariga mutlaqo mos keladi. Meva, sabzavot va o’simlik bo’laklarimiz organik sifatga ham ega. Bundan tashqari, portfoliomizda yogurt, asalli va karamel kukunlarini ham topishingiz mumkin.

BOGARD bilan hamkorlik qilar ekansiz, siz non va bulochka mahsulotlari bo’yicha haqiqiy ekspertingiz borligiga shubha qilmaysiz. Bunga nafaqat  innovatsion yechimlarimiz, yani non ishlab chiqarishimiz uchun zarur funksional ingredientlar hisoblangan un va qorishmalar, balki novvoyhonalar uchun taqdim etiladigan konsalting xizmatlari tufayli ham erishiladi.

Ularning har birini o’rganib chiqing:

1. Funksional non va bulochka ingredientlari

Food ingredients AVEL bakery ingredients 2 συστατικά τροφίμων
Un tarkibini yaxshilovchilar

Unimiz maksimal darajada pishiriqlar funksionalligi va o’z-o’zidan ularning mazaasini yaxshilaydi. Ular hamirning ma’lum bir jihatlari, masalan hamirning  oshish tezligi, cho’ziluvchanligi, yumshoqligi, kuvrakligi, hajmini va ta’mini maqbullashtiradi. Portfoliomizda toza etiketkali mahsulotlarni ta’minlovchi un tarkibini yaxshilovchilarni topish mumkin. Biz xizmat ko’rsatishning o’ta egiluvchan modelini taklif etamiz va yechimlarimizni mijozlarimiz retseptlariga moslashtirishimiz mumkin.

Un korrektorlari

Un korrektorlari diapazoni uning turli navlari va texnik talablarga muvofiq shakillantirilgan. Uningizni tahlil qilgandan so’ng va istalgan texnik xususiyatlarga quloq solgan holda eng maqbul un korrektorini tavsiya etamiz. Bizning un korrektorlarimiz  uningiz sifati va konsistensiyasi yaxshilaydi, uning pishirish vaqtidagi pishiqligi hamda foydalanishdagi umumiy funksionalligini oshiradi.food ingredients AVEL binding agents 1 συστατικά τροφίμων

Bog’lovchi agentlar

Shirin va sho’r batonchiklarni ishlab  chiqarishda foydali bo’lgan oliy sifatli ingredientlar. Ularga tez va oson ishlov beriladi, pishirishni talab etmaydi. Shuningdek biz florentina qorishmalari uchun mahsus bog’lovchi agentni taqdim etamiz.

2.Un va qorishmalar

Premikslar

Premikslar dukkakli va donli mahsulotlar (bug’doy, suli, yorma, kungaboqar urug’i, kunjut va meva hamda sabzavot bo’laklari)ni ifodalaydi.Ular ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar non va bulochka mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini soddalashtiradi va tezlashtiradi. Ular shuningdek pishiriqlar ta’mi, rangi va teksturasi, shuningdek mazasini yaxshilashga hizmat qiladi. BOGARD premikslari qishloq noni, boshoqli non, javdari yoki urug’li non, nonushtaga mo’ljallangan pishiriqlarning keng assortimenti uchun mos keladi.

Don qorishmalari

Bu tayyor mahsulotlar ta’mi, teksturasi va rangini yaxshilash uchun foydalaniladigan mahsus tayyorlangan donli, mevali, sabzavotli, o’simlik va ziravorlar qorishmasidir. Yaxshilangan ta’m va tashqi ko’rinishi tufayli mahsulotingiz sifati ortadi va shu tariqa uning iste’molchilar orasida jozibadorligi  yanada oshadi. Ular suxariklar, pechene, quruq nonushta, non, qandolat mahsulotlari va mevalar bilan qo’llash uchun mos keladi.

Food Ingredients Cereals συστατικά τροφίμωνDonli kepaklar va tolalar

Ushbu diapazon 32 dan 78% gacha to’qimalarning nazorat qilinuvchi tarkibini ta’minlaydi va qo’llanilishi hamda dozalashiga bog’liq holda «manba» va «to’qimalarning yuqori darajasi» kabi oziqlantiruvchi xususiyatlarni saqlab turishi mumkin. O’zining ozuqaviy qimmatidan tashqari, BOGARD don kepaklari va tolalari ta’mga oid xislarni kuchaytiradi, yakuniy mahsulotga maza, xushbo’ylik va rang bag’ishlaydi. Talabga ko’ra biz shuningdek termo ishlov berish imkoniyatini ham taklif etamiz. Bizning qarorlarimiz barcha turdagi qo’llash usullariga, jumladan, suxari, pechene, quruq nonushtalar, non va boshqa mahsulotlarga mos keladi.

Qovurilgan don uni

Individual buyurtmaga ko’ra maydalangan qovurilgan dondan tayyorlangan unning keng assortimenti. U qovurilgan, o’rmon yong’og’ining qovurilgan yoki solodli moyining turli aromatik shakllarini — och jigarrangdan to’q jigarranggacha  bo’lgan turlarini taklif etadi. BOGARD qovurilgan don unlari barcha turlarda, shu jumladan suxari, pechene, quruq nonushtalar, non, pishiriqlar va boshqa uchun qo’llanilishi mumkin.

Bug’doy donlari

«Sovuq siqish» jarayoni tufayli biz bug’doy donlarini ideal ravishda barqarorlashtirishga erishmoqdamiz, va bunda saqlash muddati 12 oygacha uzaytirilmoqda. Biz mahsulotning vitaminlar, oqsillar, almashtirib bo’lmaydigan moyli kislota va ozuqa tolalari nuqtai nazaridan katta ozuqaviy qimmatini saqlaymiz. Bizning yechimlarimizdan turli granulometriyada foydalanish mumkin hamda suxari, pechene, quruq nonushtalar, non, pitsa, mevali nonushtalarga mos keladi.

Devitalizatsiya qilingan hamirturushlar

Devitalizatsiya qilingan hamirturushlar bug’doy kurtagi, qovurilgan boshoqli o’simliklar va x.k. donli asoslar  tarkibiga kiradi. Ayrimlari bir necha devitalizatsiya qilingan hamirturushlar aralashmasi hisoblanadi. Assortiment o’zida aromatik alomatlar va boshoqli ta’m belgilariga ega achitqini qamrab oladi.

Rangli alomatlar — och jigarrangdan to’q jigarranggacha. BOGARD ning devitalizatsiyalangan hamirturushlari non mahsulotlari  tabaqalanishi va betakrorligini  ta’minlaydi hamda suxari, pechene, quruq nonushtalar, non, pishiriqlar, mevali pishiriqlar va x.z.larni tayyorlashda qo’llanilishi mumkin.

Florentiya mikslari

Bizning florentiycha aralashmalarimiz turli ranglar bo’lib, o’zining ajoyib ta’mi, a’lo sifati va qo’llanilishining oddiyligi bilan ajralib turadi. Ular konservantlardan holi va shu tarzda sof yorliqli mahsulotlarga to’g’ri keladi. Biz florentiycha aralashmalar uchun maxsus  bog’lovchi agentni taklif etamiz.

3.Konsalting xizmatlari

Food ingredients AVEL bakery ingredients 3 συστατικά τροφίμων

Biz qo’shimcha texnik va texnologik konsalting xizmatlarini taklif etamiz.

Non mahsulotlari va yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarishning yuqori sifatli va xavfsiz taomillarini ta’minlashga intilamiz. Biz bunga xarajatlarni boshqarish, ishlab chiqarishni maqbullashtirish (ishlab chiqarish liniyalari), xodimlarni doimiy ravishda o’qitish hamda ilg’or ishlab chiqarish va ekologik amaliyotlarga rioya qilish orqali erishamiz.

Texnik non-bulka xizmatlari
  • Dunyoga mashxur nufuzli ekspertlar bilan hamkorlikda non-bulka va kremli nachinkalarni ishlab chiqarish bo’yicha liniyalarni ishlab chiqish va joriy etish
  • (kruassanlar, bagetlar, bulochkalar, kekslar, ponchiklar, tostga mo’ljallangan non, shtrudel, shuningdek suvli asosli nachinkalar – vanil, kakao, pechene va shampan vinosi).
  • Non-bulka va kremli nachinkalarni ishlab chiqarish yangi liniyalarni ishga tushirish.
  • Non-bulka  va kremli nachinkalarni ishlab chiqarish bo’yicha mavjud liniyalarni takomillashtirish.
  • Xodimlarni GMP (tegishli ishlab chiqarish amaliyoti) bo’yicha o’qitish.
  • Tozalash usullarini joriy qilish yoki mavjudlarini maqbullashtirish.
  • Har bir bosqichda hujjatlarni joriy qilish va yaxshilash (ishlab chiqarish, sifat nazorati, omborxonalar, texnik hizmat ko’rsatish va x.k.).
Food ingredients AVEL technological services συστατικά τροφίμων
Texnologik non-bulka xizmatlari
  • Yangi va muzlatilgan hamir retseptlarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • (kruassanlar, bagetlar, bulochkalar, kekslar, ponchiklar, tostga mo’ljallangan non, shtrudel va x.k.), shuningdek barcha non-bulka mahsulotlariga to’g’ri keladigan kremli nachinkalar retseptlarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • Quyidagilar orqali favqulodda ozuqa qiymatiga ega non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish:
  • portfoliomizdan yuqori sifatli ozuqa ingredientlaridan foydalangan holda

Food Ingredients AVEL - granola συστατικά τροφίμων

Xodimlarni doimiy ravishda ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalari, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkiliy usullar, sifat nazorati, ishlab chiqarish xavfsizligi va ko’plab boshqa muhim mavzular bo’yicha xodimlarni doimiy o’qitish.

Bug’doy, guruch yoki turli o’lchamli makkajo’xori asosida ekstrudirlangan chipslarning keng tanlovi. Foydali va shirin donli aralashmalar va donli-boshoqli batonchiklar/ myusli uchun foydalanishga nihoyatda mos keladi, bunda ular quritilgan (sublimatsiya qilingan yoki havoda quritilgan) mevalar va yong’oqlar, boshoqli bodroq, mag’iz va qoplamali chipslar bilan qo’shgan holda ishlatiladi. Saxaroza, shirinlashtiruvchi vositalar va oqsilli ta’mi ehtiyojlaringizga to’liq moslashtirilishi mumkin.

Bizning granula mahsulotlarimiz salomatlik va yaxshi kayfiyatga qo’shimcha foyda keltirishi, shuningdek sof yoriqni ta’minlash mumkin. Shunda «shakar qo’shilmasdan tayyorlangan», «kaloriyasi past», «oqsilga boy», «to’qimalarga boy» va «boshqa kerakli vitaminlarga boy» talablaridan foydalanish imkonini beradi. Bizning yechimlarimizdan glyutensiz va organic shaklda (BIO) ham foydalanish mumkin. Shuningdek ulgurchi shaklda yoki yogurt uchun Top Cups shaklida ham tayyorlangan.

Eng yaxshi kuboklarimiz to’g’risida
  • Ehtiyojlaringizga to’liq moslashtirilgan.
  • Turli rangdagi alyumin folgada va mahsulot tarkibi ko’rsatilgan holda yetkazib berilishi mumkin.
  • Bukiladigan qoshiqni ichida yoki ustida yopishtirish imkoniyati mavjud.
  • Katta to’plamga kiruvchi nakleykalar yoki mayda o’yinchoqlarni solib qo’yish imkoniyati mavjud.

Ushbu assortiment BOGARD siropi uchun iste’molchilarning oshib borayotgan ehtiyojlari uchun tabiiy, kaloriyasiz va /yoki salomatlik uchun foydali mahsulotlar va ichimliklarni taklif etmoqda.

Steviya

food ingredients sweeteners AVEL 1 συστατικά τροφίμων

Steviya tabiiy, kaloriyasiz, shakar va sun’iy shirinlashtiruvchi moddalarning muqobilini izlovchi odamlar nihoyatda mos keladi. Ular Janubiy Amerikaning subtropik o’rmonlarida o’suvchi yashil, barg bilan qoplangan o’simlikdan olingan. Steviol-glikozidlar, asoasn, steviozid va A rebaudiozid Faol birikmalar bo’lib, steviyaning shirin ta’mi uchun javob beradi.

BOGARD steviya ekstraktlarining А Rebaudiozid (REB.A) da tozalangan keng turini taklif etadi, navlari (60%, 80% va 97%).

Steviyaga oid yechimlarimiz quyidagicha:

  • Kaloriyasi nolga teng 100% tabiiy shirinlashtiruvchi moddalar
  • saxarozadan 250 baravar shirin, boshlanishi sust va davomli kechadi
  • issiqlik, рН va yoruqlikka chidamli
  • Suv
  • Achimaydi

Steviya mahsulotlarga va ichimliklarga, jumladan alkogolsiz ichimliklar, yogurtlar, saqichlar, desertlar, muzqaymoq, jemlar, qaylalar, quruq nonushtalarga mos keladi. Shuningdek undan ozuqaviy qo’shimchalar va farmasevtika preparatlari uchun ta’mni niqoblovchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

Ta’m modulyatorlarimiz bilan birga Stevia yechimlarimizni qo’llab ko’ring!

Steviyani ko’pincha yoqimsiz, achchiq ta’m, qizilmiya o’simligiga o’xshash maza bilan tenglashtirishadi. Tarkibida steviya bor mahsulotlarning umumiy ta’mini maqbullashtirish uchun ta’m modulyatorlarimiz bilan birga noxush ta’mlarni niqoblashda qo’llab ko’ring. Shu tarzda siz kaloriyasiz tabiiy mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz va a’lo ta’mga erishishingiz mumkin!

Agava siropi

Food ingredients AVEL agave syrup συστατικά τροφίμων

Agava Meksikada katta miqdorda o’suvchi o’simlikdir. Asrlar davomida undan dorivor o’simlik, shirinlashtiruvchi vosita sifatida va tekila tayyorlashda foydalanib kelingan.

Agavaning shirasi, tijoriy jihatdan agava siropi sifatida ma’lum bo’lib, tabiiy shirinlashtiruvchi vosita hisoblanadi, shakardan 1,4-1,6 baravar shirin va ko’pincha retseptlarda shakar yoki asalning o’rnini bosadi. У, GI (glikemik indeksi) past bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi, zero uning butun shakari fruktoza hisoblanadi (shakarga nisbatan glyukozasi nihoyatda kam). Agava shirasini asal bilan qiyoslash mumkin. Uning yuqori faol shirinlashtiruvchi vositalardagi kabi achchiq qoldiq ta’mi yo’q.

100 % Tekilani havo rang agavadan tayyorlangan agava siropidan tatib ko’ring. Undan turli maqsadlarda, masalan, ichimliklar, pishiriqlar, donli batonchiklar va sut mahsulotlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

AVEL food ingredients Ά ύλες τροφιμων

Biz oziq-ovqat sanoati, ichimliklar, ozuqaviy qo’shimchalarni ishlab chiqarish va farmasevtika sanoati uchun funksional ingredientlarini taklif etamiz.

Bizning portfoliomiz tabiiy manbalardan olingan innovatsion ingredientlarni qamrab oladi, va bu organizmning o’zini himoyalash va inson salomatligini boshqarish layoqatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Biz ko’k choy antio’ksidantlarining aminokislotalar, eruvchan ozuqa tolalari stressini kamaytiruvchi klinik  isbotlangan afzalliklarini, vitaminlar,minerallar va boshqa tabiiy ingredientlarni yetkazish tizimlarini ta’minlaymiz.

Keling, sizning ehtiyojlaringiz va muammolaringizni muhokama qilamiz va siz uchun to’g’ri bo’lgan yechimlarni belgilab olamiz!