TA’M SEXRI
Har kuni necha xil ta’mlarni xis qilishingiz haqida o’ylab ko’rganmisiz? Endi bir lahzaga tasavvur qilib ko’ring: ta’mni bilmasdan qanday yashagan bo’lar edingiz? Qanchadan-qancha rohatbaxsh lahzalar va hatto muloqotdan ham mahrum bo’lgan bo’lar edingiz?
Ta’m, albatta, odamlar hayotida xissiyotlarni uyg’otish, xis-tuyg’u va xotiralarni tiklashda tengi yo’q tuyg’udir. Bu birinchi sonli omil bo’lib, aynan shu sababli iste’molchi qayta va qayta oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarni xarid qilishni istaydi. Globallashuv, texnologik inqilob va o’tkir raqobat hozirgi iste’molchilarni har qachongidan ham talabchan qilib qo’ydi.
Yaxshi degustasiyaning o’zi yetarli emas!
Oziq-ovqatlar va ichimliklar yanada mazali va turli-tuman bo’lishi kerak. Degustatorlarga haqiqiy yoki tabiiy ta’m zarur, shu sababli ta’m og’izda to’yingan maza, boy tarkibini xis qilish, hayratlanish tuyg’usini sezish imkonini berishi kerak. Iste’molchilarning bunday talabchan umidlari oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqaruvchilarini ta’m masalasiga jiddiy yondashuvini hamda maqsadli guruxni yuqori darajada qondiruvchi noyob yechimlar taklif etishini kuzatishga majbur qiladi.






Tabiiy aromatizatorlar portfoliomizning asosiy yo’nalishi va o’sib borayotgan qismi hisoblanadi. 











